Hayrli kun! Sizni mening shaxsiy saytimda ko‘rib turganimdan xursandman. Men Rashidov Jamshid tasviriy san’atning grafika turida ijodiy faoliyat olib boraman. Ushbu saytni tashkil qilishimdan maqsad o‘zimning ilmiy-ijodiy faoliyatim va loyihalarim natijalarini e’lon qilishdan iborat. Bugungi kunda Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida pedagog faoliyatimni olib bormoqdaman.
ORCID: https://orcid.org/0000-0001-6049-6835
Google Scholar: https://scholar.google.com/citations?user=MylD1GsAAAAJ
Email: j.x.rashidov@gmail.com
Telegram: https://t.me/Jamshid_Rashidov
Instagram: https://www.instagram.com/jamshid.rashidov.h/
Biografiya
1990 yil – tug’ilgan yili,
Ta’lim
2006-2009 yillar P. Benkov nomidagi san’at kolleji.
2009-2013 yillar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (bakalavr)
2013-2015 yillar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti (magistratura)
Ish tajriba
2013-2015 yillar “Gulxan” jurnalida bosh rassom
2015-2016 yillar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti o‘qituvchisi
2016-2024 yillar Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Grafika kafedrasi mudiri
2024 hozirgi kungacha Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn instituti Miniatyura va kitob grafikasi kafedrasi dotsenti
Ko‘rgazmalar
2016 – Tasviriy va amaliy san’at festivali
2017 – Grafika
2022 – IX Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi
2024 – Grafika
2024 – Navro‘z
2024 – X Toshkent xalqaro zamonaviy san’at biennalesi
Simpoziumlar
2023 – International Porcelain Painting Symposium Together 2023 (Latviya, Riga)